«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzini narxini yana arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» Ai-92 benzini narxini yana arzonlashtirdi

«O‘zbekneftgaz» 29 apreldan boshlab Ai-92 markadagi benzinning narxini 5500 so‘m qilib belgilanishini xabar qildi.

«O‘zbekneftgaz» AJning UNG milliy brendi ostidagi yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘ida Ai-92 markali benzin va Yevropa standartlariga javob beruvchi dizel yoqilg‘isi sotuvini yo‘lga qo‘ygan. 2020 yilning 1 martidan boshlab, ushbu AYOQShlardagi dizel yoqilg‘isining narxi 500 so‘mga arzonlashtirilgan. 2020 yilning 26 martidan e’tiboran, Ai-92 markali benzinning narxi 6200 so‘mdan 6000 so‘mga pasaytirilgandi.

Iste’molchilarning manfaatlarini inobatga olgan holda, shuningdek, birja savdolarida benzin sotib olish xarajatlari kamaygani munosabati bilan neft mahsulotlarining sotish narxlari bosqichma-bosqich kamaytirib boriladi, deyiladi «O‘zbekneftgaz» AJ matbuot xizmatining xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!