O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli tayinlandi

O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi bosh konsuli tayinlandi

 Rustam Kurganbayev O‘zbekiston Respublikasining Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya Federasiyasi) Bosh konsuli etib tayinlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar qildi.

R.Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.


Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi.

Manba: sputnik.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!