O‘zbekistonni Xortekka taklif qilishdi

O‘zbekistonni Xortekka taklif qilishdi

O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi Dilyor Xakimov Yevropa mehmonxonalari, retoranlari va kafelari uyushmasi (HORTEC) rahbari Kristian de Barrin bilan uchrashdi.

HOTREC Ijroiya qo‘mitasi va Yevropaning 30ta davlatida faoliyat yuritadigan 42ta a’zo-tashkilotlarga ega. Gruziya, Turkiya va boshqa qator yevropaga a’zo bo‘lmagan davlartlar kuzatuvchi maqomiga ega.

Uchrashuv davomida yevropa turizmi taraqqiyoti mehmondorchilikka asoslangani alohida ta’kidlangan. Ushbu soha YEI davlatlarida 11,9 million ish o‘rni bilan ta’minlaydi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda ikki yil davomida turizm sohasida ro‘y bergan o‘zgarishlarni yuqori baholaganlar. Shuningdek, yaqin kelajakda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston turizm xizmatlari sohasiga kelajakda innovasiyalar va adaptasiyalarni joriy etishga kelishib olganlar.

Suhbat doirasida O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi rahbariyati bilan konferens-aloqa amalga oshirilgan va bu muloqot davomida kelajakdagi muloqotlar rejasi ishlab chiqilgan.

Muzokaralar davomida yevropa tomoni O‘zbekiston tomonni HORTEC a’zoligiga taklif etgan. Shu munosabat bilan yaqin orada barcha zarur jarayonlar tashkillashtiriladi, deb xabar qilgan O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!