O‘zbekistonlik ruhiy salomatlik mutaxassislari nemis hamkasblari bilan muloqot o‘tkazdi

O‘zbekistonlik ruhiy salomatlik mutaxassislari nemis hamkasblari bilan muloqot o‘tkazdi

🇩🇪🇺🇿 Joriy yil 19-24 fevral kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi rahbariyati Germaniyada bo‘lib, tashrif davomida Germaniya federal Sog‘likni saqlash vazirligining ruhiy salomatlik masalalari buyicha katta mutaxassisi Manuela Shuman va Federal xukumat komissari doktor Yan Feyrmann ishtirokida psixiatriya, narkologiya, psixoterapiya, tibbiy psixologiya va reabilitasiya masalalarida muloqot o‘tkazdi.

Xizmat safari davomida:
✅ Sharite universiteti klinikasi;
✅ Germaniya ruhiy salomatlik markazi;
✅ Bonn universiteti klinikasi;
✅ Ushtspring Salus klinikasi;
✅ Salus Lindov reabilitasiya markazi mutaxassislari bilan hamkorlikni yulga qo‘yish kelishib olindi.

‼️Shuningdek, shu yilning 7-8 may kunlari Buxoroda O‘‌zbekiston-Germaniya ruxiy salomatlik anjumanini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!