O‘zbekistonlik fuqaro Moskvadagi qurilish ob’ektida jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonlik fuqaro Moskvadagi qurilish ob’ektida jarohat olgani ma’lum bo‘ldi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi negizidagi Mehnat migrantlarining murojaatlari bilan ishlash va ularga huquqiy ko‘maklashish markazi xodimlari «Jilishnik rayona Gagarinskiy» korxonasida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida jarohat olib, mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgan yurtdoshimiz murojaatini o‘rgandi.

Korxona rahbariyati bilan olib borilgan muzokaralar natijasida fuqaroga mehnatga layoqatsiz bo‘lib qolgani uchun kompensasiya puli, davolanish xarajatlarini ish beruvchidan undirib berishga kelishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!