O‘zbekistonda yana 10 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda yana 10 ga yaqin odamda koronavirus aniqlandi

2020 yil 25 may soat 16:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3189 (+9) nafarni tashkil etmoqda. 
 
Yangi kasallanish holatlarining 2 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida, 5 nafari Toshkent viloyatida, 1 nafari esa Toshkent shahrida aniqlanib, ularning 6 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari, 2 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib kasallikni yuqtirib olishgan. Qolgan 1 nafari esa Karantin markazidagi fuqarolar orasida qayd etilgan. 

Ayni paytda yurtimizda 2607 (+42) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatimizda 569 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi 
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!