O‘zbekistonda qachon "svet" o‘chmaydi? Energetika vazirligi vakili javob berdi

O‘zbekistonda qachon "svet" o‘chmaydi? Energetika vazirligi vakili javob berdi

Bugun, 18 yanvar kuni Energetika rahbariyati tomonidan “O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish istiqbollari” mavzusida o‘tkazilgan ochiq muloqotdan o‘tkazildi.

Tadbirdan so‘ng Energetika vazirining o‘rinbosari Sherzod Xo‘jayev jurnalistlarning O‘zbekistonda elektr energiyasi taqchilligiga barham berish borasidagi savoliga javob berdi.

“Bekorga aytmadimki, biz diversifikasiya qilmasdan turib, energiya ishlab chiqarish taqchilligiga barham berolmaymiz. Sababi neft-gaz sohasiga investisiyalar oxirgi 25 yilda deyarli ajratilmagan. Issiqlik elektr stansiyalarida quvvat mavjud, elektr energiyasini ishlab chiqarishga bemalol imkoniyatimiz bor, lekin yoqilg‘i taqchilligi bor. Gaz yo‘qligi tufayli elektr stansiyalari ishlamayapti. Bu ko‘proq elektr energetikaga emas, neft-gaz sohasiga bog‘liq. Demak, ular belgilangan miqdordagi tabiiy gazni yetkazib berish bo‘yicha rejani bajarishsa, elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha reja so‘zsiz bajariladi. 

13 ming megavatt quvvatimiz bor. Shu kecha-kunduzda foydalanayotganimiz 10 ming [megavatt]. Yoqilg‘i bo‘lsa, qolganidan ham foydalanamiz”, - deya Sherzod Xo‘jayevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!