O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

O‘zbekistonda pensiyalarni tayinlash bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlandi

Fuqarolarga davlat pensiyalarini tayinlash uchun zarur hujjatlarni yig‘ish jarayonini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida gi hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida O‘zarxiv agentligi hamda tarkibiy bo‘linmalari, shuningdek shaxsiy tarkibga oid hujjatlar saqlovi mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralarga elektron so‘rovnomalar yuborish va qabul qilish tizimi orqali amalga oshirilishi;

2020 yil 1 yanvardan boshlab tajriba tariqasida Davlat xizmatlari agentligining Toshkent shahri Bektemir, Yakkasaroy va Chilonzor tuman bo‘limlari orqali, 2020 yilning 1 iyuldan boshlab esa respublikaning barcha hududlarida joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflari ma’qullash belgilangan.

Hujjat loyihasida aytilishicha, 2021 yil 1 yanvardan boshlab:

a) davlat pensiyalarini tayinlashda fuqaroning ish staji mulkchilik shaklidan qat’iy nazar xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining axborot tizimiga kiritilgan elektron ma’lumotlarga asosan hisoblanadi;

b) fuqarolarning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlari:

2005-2015 yillardagi davr uchun - AT Xalq banki ning jamg‘arib boriladigan pensiya tizimiga majburiy badallar;

2016-2018 yillardagi davr uchun - Davlat soliq qo‘mitasining fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reestri, 2019 yildan keyingi davr uchun esa - ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish reestri ma’lumotlari asosida tasdiqlanadi.

Ushbu davrlar uchun fuqarolarning mehnat stajini tasdiqlovchi qog‘oz shaklidagi ma’lumotlar talab qilinishi man etiladi , - deyilgan qaror loyihasida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!