Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida gi qaror loyihasi ishlab chiqilgani haqida xabar bergan edik.
Qarorda 2019-2020 o‘quv yilidan boshlab tajriba tariqasida ta’lim xizmatlari bozorida yo‘nalishlari va mutaxassisliklarga talab yuqoriligini va moliyaviy barqarorligini inobatga olib, bir qator oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish nazarda tutilgan.
O‘zini-o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan OTMlariga quyidagilarni mustaqil belgilash xuquqi beriladi:
ta’lim jarayoniga yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari sifatini oshirish maqsadida xodimlarga ustamalar, qo‘shimchalar hamda moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari miqdorlarini belgilash;
iqtidorli talabalarga, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarga nisbatan moddiy rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash choralarini qo‘llash;
barcha mablag‘larini saqlash xarajatlariga, qo‘yilgan vazifa va majburiyatlarni amalga oshirishga, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, o‘qitishning innovasion shakl va uslublarini joriy qilishga hamda xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga sarflash;
oliy ta’lim muassasasi infratuzilmasiga servis xizmatlari ko‘rsatishning alohida turlari, jumladan, bino va inshootlar, talabalar turar joylari, sport ob’ektlari ekspluatasiyasi, ularni tozalash, ta’mirlash, kompyuter texnikasi va telekommunikasiya tarmoqlarini saqlash va yuridik xizmatlari ko‘rsatishni xususiy boshqaruvga (autsorsing usuli bo‘yicha) berish;
bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idora bilan kelishilgan holda oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati hamda uning moddiy-texnik bazasi imkoniyatlarini inobatga olgan holda talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilishning har yillik qabul ko‘rsatkichlari hamda yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar ochilishini belgilash;
bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini oliy ta’lim muassasasini o‘zini-o‘zi to‘liq moliyaviy ta’minlash miqdorida belgilash.
Shu o‘rinda, O‘zbekistonda non narxi davlat nazoratidan chiqarilib, uning narxi erkin belgilana boshlaganda ushbu muhim mahsulotning narxi deyarli ikki barobar qimmatlagandi. Agarda OTMlari ham o‘z-o‘zini moliyalashtira boshlasa, to‘lov-kontrakt narxi qanchaga oshishi mumkinligini o‘ylashning o‘ziyoq boshda og‘riq turishiga sabab bo‘ladi.
Ҳозирда тергов ҳаракатлари давом этмоқда. Ўзбекистоннинг Сеулдаги элчихонаси мазкур ҳолатни назоратга олган бўлиб, Корея томони билан ҳамкорликни давом эттирмоқда.
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.