O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 72 ming nafarga yaqinlashdi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 72 ming nafarga yaqinlashdi

2020 yil 24 noyabr coat 13:00 ga qadar O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 71 920 (+73) nafarni tashkil etmoqda. 

🔴Yangi kasallanish holatlari:
📌Qoraqalpog‘iston Respublikasida 5 nafar 
📌Jizzax viloyatida 5 nafar,  
📌Qashqadaryo viloyatida 2 nafar, 
 📌Surxondaryo viloyatida 4 nafar, 
📌Farg‘ona viloyatida 11 nafar, 
📌Toshkent viloyatida 36 nafar,
📌Toshkent shahrida 10 nafar koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, 1 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Yurtimizda 69 118 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 96  foizni tashkil qilmoqda.

Hozirda mamlakatimizda 2197 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!