O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning tezyurar poyezdlari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonda Janubiy Koreyaning tezyurar poyezdlari paydo bo‘ladi

O‘zbekistonga tezyurar poyezdlar yetkazib berish bo‘yicha Janubiy Koreyaning poyezdlar ishlab chiqaruvchi Hyundai Rotem Co. kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda Yonhap axborot agentligi xabar berdi.

Qiymati 195,7 million AQSh dollari bo‘lgan kelishuvga ko‘ra, Hyundai Rotem «O‘zbekiston temir yo‘llari» korporasiyasiga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlari bilan birga jami 42 ta vagondan iborat oltita tezyurar poyezdni yetkazib beradi.

Shuningdek, Koreya temir yo‘llari korporasiyasi «O‘zbekiston temir yo‘llari» korporasiyasi bilan ikki tomonlama temir yo‘l rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash maqsadida ekspluatasiya, texnik xizmat ko‘rsatish, texnologiya almashinuvi va xodimlarni o‘qitishga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi ham imzoladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!