Joriy yilda to‘qimachilikda 4 mingta muhandisga talab borligi aytildi

Joriy yilda to‘qimachilikda 4 mingta muhandisga talab borligi aytildi

Prezident raisligida muhandislik kadrlarini tayyorlash tizimidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Qayd etilganidek, joriy yilda to‘qimachilikda 776 ta loyiha amalga oshirilib, 72 ming ish o‘rni yaratiladi. Shundan 4 mingta muhandisga talab bor.

Lekin, bu yil muhandislik oliygohlarini “engil sanoat konstruksiyasi” yo‘nalishida Buxoroda – 86 nafar, Jizzaxda – 117 nafar, Surxondaryoda – 56 nafar, Farg‘onada – 126 nafar, Toshkent shahrida bor-yo‘g‘i 153 nafar talaba bitirmoqda.

Hokimlar o‘z hududida aniq mutaxassisga shuncha ehtiyoj bo‘la turib, rektorlar bilan ishlamayotgani, oliygohlarga buyurtma bermayotgani tanqid qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!