O‘zbekistonda bugunning o‘zida 1000dan ortiq bemor koronavirusni yengdi

O‘zbekistonda bugunning o‘zida 1000dan ortiq bemor koronavirusni yengdi

Bugun ayni vaqtga qadar mamlakatimizning 6 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 016 nafari sog‘aydi. 

Jumladan, Toshkent shahrida 720 nafar, Toshkent viloyatida 215 nafar, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 47 nafar, Andijon viloyatida 14 nafar, Namangan viloyatida ham 14 nafar, Navoiy viloyatida 6 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, yurtimizda 25 106 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 77 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!