O‘zbekistonda bitta advokatga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda bitta advokatga qancha aholi to‘g‘ri kelishi ma’lum qilindi

Inson huquqlari bo‘yicha vakil (Ombudsman) Muhammadiyev Ulug‘bekning aytishicha, fuqarolar asosan tergov jarayonlarida gumonga olinib qamalgan qarindoshlari bilan ko‘risha olmayotgani, ularning ahvoli qanday ekanligini bila olmayotganidan shikoyat qilishadi.

“Bizga murojaat qilayotgan ko‘plab fuqarolar advokatlardan norozi bo‘lishadi“, — dedi Ombudsman Muhammadiyev Ulug‘bek Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida.

Advokatlar palatasi raisi Olim Ernazarov ham advokatlar faoliyatidagi muammolarga to‘xtalib o‘tdi:

"Advokatlar faoliyatiga 20 yil davomida etibor berilmagan. Oxirgi uch yil ichida ularning muammolari tahlil qilinmoqda, o‘rganilmoqda. Bular ham yetarli emas, aslida.

Hisoblab ko‘rsak, 8400 odamga bitta advokat to‘g‘ri kelmoqda. Advokatlar soni bo‘yicha jahonda juda oxirgi o‘rinlarda turamiz. Shu boisdan xam insonlarning advokatlarga bo‘lgan ehtiyojlari yetarlicha qondirilmayapti. 

Yuridik universitetni tamomlagan bitiruvchiga advokatlik ruxsatnomasini berish kerak. Chunki, 11 yildan beri yosh advokatlar chiqmagan. Masalan, Respublika bo‘ylab 30 yoshgacha bo‘lgan 62 nafar advokatlar bor" - dedi Olim Ernazarov. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!