O‘zbekistonda bitiruvchilarni jamlagan platforma yaratildi

O‘zbekistonda bitiruvchilarni jamlagan platforma yaratildi

O‘zbekistonda bitiruvchilarni jamlagan platforma yaratildi.

Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, diplom.edu.uz platformasi orqali bakalavr, magistr, lisey, texnikum, kasb-hunar maktabi va kollejlarni bitirganlik to‘g‘risidagi diplom ma’lumotlarining haqiqiyligini tekshirish va qo‘shimcha ta’lim ma’lumotlarini kiritish mumkin.

Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan mazkur axborot tizimida bugungi kunda 2 mln.ga yaqin bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari jamlangan.

Tizim quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi:

— bitiruvchilarning diplom ma’lumotlari kiritiladi va tasdiqlanadi;

— diplom ma’lumotlari mavjud bo‘lmaganda bitiruvchilar Yagona identifikasiya tizimi – OneID orqali ro‘yxatdan o‘tib, ma’lumotlarni kiritadi. Oliygoh esa diplom ma’lumotlari to‘g‘riligini tasdiqlaydi.

Shuningdek ushbu platforma boshqa davlat idoralari axborot tizimlari bilan integrasiya qilingan. Bunda ma’lumotlar avtomatik tarzda shakllanadi va diplom ma’lumotlarini kiritish talab etilmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!