O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan mojaroli vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston TIV rahbarlari Qorasuv shahrida sodir bo‘lgan mojaroli vaziyatni muhokama qildi

22 avgust kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning Qirg‘iziston Tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Muloqotda 18 avgust kuni Qirg‘izistonning O‘sh viloyati Qorasuv shahrida MMA bo‘yicha bo‘lib o‘tgan WEF PROFFIGHT musobaqasida sodir bo‘lgan voqea yuzasidan internet makonida paydo bo‘lgan videolavhalar va izohlarga e’tibor qaratildi.

TIV rahbarlari ishning barcha jihatlarini birgalikda o‘rganish va mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar ruhida vaziyatni hal qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!