O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari 13 million dollarlik shartnomalar imzolashdi

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari 13 million dollarlik shartnomalar imzolashdi

Bishkekda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvi doirasida umumiy qiymati 13 mln. dollardan ortiq bo‘lgan shartnomalar imzolandi. Bu haqida Oliy Majlis Senati xabar qilmoqda.
"O‘zbekiston va Qirg‘iziston tadbirkor ayollari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “B2B” uchrashuvlari yakunida tomonlar o‘rtasida umumiy qiymati 13,2 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 15 ga yaqin shartnoma va memorandumlar imzolandi", - deyilgan xabarda.
Shartnomalar orasida O‘zbekistonning "Tashpulat Stroy Invest" MCHJ va Qirg‘izistonning "Sky Industrial Group", Hyundai Construction", "Lift Sky Elevators" nomli kompaniyalari orasida imzolangan, Issiqko‘l viloyatida kottedjlar va binolarga lift o‘rnatish bo‘yicha umumiy summasi 7 mln.AQSh dollariga teng qiymatli shartnomalar alhida ahamiyatga ega, deyilgan xabarda.
Undan tashqari O‘zbekistonning "MUINOK TOUR" va Qirg‘izistonning "ASTRA KIRGIZIYa" turistik firmalari tomonidan imzolangan memorandum ikki davlatda turizmni rivojlantirishga xizmat qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!