O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlar tiklanadi

O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlar tiklanadi

Joriy yilning 9 dekabr kunidan Eronning Zagros Airlines aviakompaniyasi “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlar amalga oshirishni boshlaydi.  

Transport vazirligi xabariga ko‘ra, dastlabki bosqichda Eron aviakompaniyasi mazkur yo‘nalishda parvozlarni haftasiga bir marta bajaradi. Keyinchalik parvozlar muntazamligi haftasiga ikki martaga yetkazilishi rejalashtirilgan.

2019 yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Eron Islom Respublikasi aviasiya ma’muriyatining Zagros Airlines aviakompaniyasini muntazam parvozlarni bajaruvchi aviakorxona sifatida tayinlash to‘g‘risidagi xabarnomasiga, shuningdek, 2001 yil 17 avgustdagi Havo qatnovi to‘g‘risidagi ikki tomonlama bitim doirasida taqdim etilgan zarur hujjatlarga muvofiq, “Tehron-Toshkent-Tehron” yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun Eron aviakompaniyasiga ekspluatasiya ruxsatnomasi bergan.
 
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida muntazam parvozlarning tiklanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va sayyohlik sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirishga turtki beradi, deyiladi vazirlik xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!