O‘zbekiston Superligasi. OKMK 8 ta gol urilgan o‘yinda kambek amalga oshirib, "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

A A A
O‘zbekiston Superligasi. OKMK 8 ta gol urilgan o‘yinda kambek amalga oshirib, "So‘g‘diyona"ni mag‘lub etdi

O‘zbekiston Superligasi 8-turidan o‘rin olgan OKMK va "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 5:3 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda maydon egalari safida gollarga Qulmatov (avtogol), G‘iyosov, Abdurahmonov va Ruhadze (penalti) mualliflik qildi. Mehmonlarning uch goli esa Doriyev (dubl) va Petrovich nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "konchilar" ushbu zafardan keyin ochkolarini 14 taga yetkazib oldi va jadvalda 1-o‘rindan joy oldi. "Bo‘rilar" 11 ochko to‘plagan bo‘lib, klub hozircha 6-pog‘onani band etib turibdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!