O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov tomonidan muhim ustuvor vazifalar joylarda ommaviy va professional sportni maqsadli tashkillashtirish borasida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bormoqda.

Navbatdagi hudud Navoiy viloyati bo‘lib Adkham Ikramov birinchi o‘rganish manzili Qiziltepa tumani sport maktabi bo‘ldi. Sport maktabida mashg‘ulot olib borayotgan trenerlarning sport ta’limi berish sifati hamda shug‘ullanayotgan sportchilar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlarni o‘rgandi. Mas’ullarga ishni jiddiy nazoratga olish va samarali tashkillashtirish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Qiziltepa tumani sport maktabidagi xulosalar va ko‘rsatmalardan so‘ng Navbahor tumanida faoliyat olib borayotgan 1-sonli hamda 2-sonli sport maktablariga tashrif buyurilib tuman aholisini ommaviy sportga qamrab olish darajasi tahlil qilindi.

Shuningdek tumandagi umumta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilardan "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlariga to‘liq jalb qilinishi borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!