O‘zbekiston Qirg‘izistondan 17 mln dollarlik elektr energiyasi sotib oldi

O‘zbekiston Qirg‘izistondan 17 mln dollarlik elektr energiyasi sotib oldi

Qirg‘iziston O‘zbekistonga 400 mln kVt/soat elektr energiyasi eksport qildi. Bu haqda qirg‘iz nashrlari Sanoat, energetika va yerosti boyliklaridan foydalanish davlat qo‘mitasi rais o‘rinbosari Aytmamat Qadirbayev so‘zlariga tayangan holda xabar tarqatdi.

“Elektr stansiyalari” shirkati ma’lumotlariga muvofiq, O‘zbekiston 399 mln kVt/soat elektr energiyasini Qirg‘izistondan 2 sentdan olgan.

Qirg‘iziston bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Qubatbek Bo‘ro‘novga ko‘ra, shu kungacha O‘zbekistonga 17 mln dollarlik elektr energiyasi eksport qilingan.

“O‘tgan yili 754 mln kVt/soat elektr energiyasi eksport qilinishi rejalangandi, biroq aslida 765 mln kVt/soat elektr energiyasi eksport qilindi”, dedi Q.Bo‘ro‘nov Iqtisodiyot sohalari va aholini kuzgi-qishki mavsumga tayyorlash bo‘yicha Respublika shtabining 22 oktyabr kuni Bishkekda bo‘lib o‘tgan majlisida.

Manba: sof. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!