O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatar bilan durang o‘ynadi

O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Qatar bilan durang o‘ynadi

Qatarda navbatdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini olib borayotgan Timur Kapadze murabbiyligidagi O‘zbekiston U23 terma jamoasi mezbonlarga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. Bahs ikkala tomon kelishuviga ko‘ra yopiq tarzda o‘tkazildi va unda 1:1 hisobi qayd etildi.

Vakillarimiz safida Alisher Odilov hisobni 39-daqiqada ochgan bo‘lsa, mezbonlar bunga 58-daqiqada javob qaytarishdi.

Darvozabonimiz Shukron Yo‘ldoshev 54-daqiqada penaltini bartaraf etgani ham ma’lum.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!