O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi

O‘zbekiston ilk marta BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zoligiga saylandi

BMTning Nyu-York shahridagi bosh qarorgohida 2025−2027 yillar uchun tashkilotning Iqtisodiy va ijtimoiy kengashi (ECOSOC) a’zolariga saylov bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston ilk marta kengash a’zoligiga saylandi, deb xabar bermoqda TIV.

Yashirin ovoz berish natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston BMTga a’zo davlatlarning 185 ta ovozini oldi. Mamlakat 2025 yil 1 yanvardan Osiyo-Tinch okeani guruhidan bo‘shatilgan to‘rtta o‘rindan birini egallaydi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur kengash BMTning asosiy organi bo‘lib, tashkilotning iqtisodiy va ijtimoiy faoliyatini muvofiqlashtirishga mas’uldir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!