O‘zbekiston global qarzdorlik bozoriga chiqishi mumkin. Bu nima degani?

O‘zbekiston global qarzdorlik bozoriga chiqishi mumkin. Bu nima degani?

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov Bloomberg nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

O‘zAning yozishicha, O‘zbekiston joriy yilda AQSh dollaridagi ikkinchi yevrobondlarni sotuvga chiqarish orqali global qarzdorlik bozoriga chiqishi mumkin, deya qayd etiladi maqolada.

“Xalqaro investorlar mamlakatning kredit tarixini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishlari kerak. Bizning ilk harakatimiz esa tarix haqida ma’lumot bermaydi, balki birinchi qadam edi“, dedi M.Nurmuratov.

Maqolada, shuningdek, quyidagilar keltiriladi:

“Markaziy Osiyoda aholisi eng ko‘p bo‘lgan mamlakat siyosatshunoslari birinchi sotuvdagi muvaffaqiyatni O‘zbekistonda kechayotgan islohotlarning amaliy natijasi sifatida baholaydi. Uzoq yillik turg‘unlikdan so‘ng o‘tgan yili O‘zbekistonga ilk bor mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va soliq islohotlari uchun Xalqaro valyuta jamg‘armasining ijobiy xulosasi berildi“.

Markaziy bank raisi o‘z intervyusida bu yil tijorat banklari ham dollarli obligasiyalarni sotish imkoniga ega bo‘lishlari mumkinligini ma’lum qilgan.

“Biz davlat xarajatlari uchun mablag‘ topish maqsadida emas, balki xalqaro bozorga chiqish uchun intilyapmiz. Tashqi savdo faoliyatining asosan dollarda amalga oshirilishi sabab obligasiyalarni dollarda sotishimiz mantiqan to‘g‘ri“, deydi O‘zbekiston vakili.

Nashrda chop etilgan maqolada Xalqaro valyuta jamg‘armasining O‘zbekiston bo‘yicha bergan baholari yana bir bor yodga olinadi. Xususan, O‘zbekiston islohotlarning dastlabki bosqichini muvaffaqiyatli amalga oshirgani, endilikda esa keng ko‘lamli tarkibiy qayta qurishdagi istiqbollarni belgilab olishi zarurligi tilga olinadi.

O‘zbekistonda joriy yilda iqtisodiy o‘sish sur’ati 5,5 foizni, kelgusi yili esa 6 foizni tashkil etishi eslatib o‘tiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!