O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada baxtsiz hodisaga uchrab, barmoqlaridan ayrilib qoldi

O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada baxtsiz hodisaga uchrab, barmoqlaridan ayrilib qoldi

R.A. 2020 yilning fevral oyida Rossiya Federasiyasiga vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun borib, hozirgi vaqtgacha qonuniy ravishda ishlagan.

Joriy yil iyun oyida ishlash vaqtida ehtiyotsizligi sababli baxtsiz hodisaga uchrab, og‘ir tan jarohati oladi va chap qo‘l barmoqlaridan ayriladi. Jarohat tufayli fuqaro mehnatga layoqatsiz bo‘lib qoladi.

Rossiya Federasiyasida davolanish uchun yetarlicha mablag‘i bo‘lmagan R.A. Vatanga qaytish uchun yordam so‘rab Tashqi mehnat migrasiyasi agentligining Sankt-Peterburg shahridagi vakilligiga murojaat qiladi.

Vakillikning sa’y-harakatlari bilan R.A.ga Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan aviachipta olib berilib, Sankt-Peterburg – Toshkent yo‘nalishidagi aviareys orqali O‘zbekistonga qaytarildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!