Urgutda o‘qituvchilar «Open byudjet»ga ovoz yig‘ish uchun sarson-sargardon bo‘lib yurishibdi(mi)?

Urgutda o‘qituvchilar «Open byudjet»ga ovoz yig‘ish uchun sarson-sargardon bo‘lib yurishibdi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda “Samarqand shahri ko‘chalarida Urgut tumanidagi maktablarning o‘qituvchilari «Open byudjet»ga ovoz yig‘ish uchun sarson-sargardon bo‘lib yurishibdi“ deyilgan murojaat Urgut tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari tomonidan o‘rganildi.
Tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi taqdim qilgan ma’lumotga ko‘ra, Urgut tumanida 151 ta umumta’lim maktablari hamda 74 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari mavjud bo‘lib, joriy yil birinchi mavsumida «Tashabbusli budjet» loyihalarida tumandagi 38 ta umumta’lim maktablari hamda 6 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari ta’mirlash, qo‘shimcha bino, sport zali qurish va jihozlar sotib olish taklif bilan qatnashmoqda. O‘rganishlar jarayonida videotasvirdagi shaxslar tumandagi 7-maktabning tenologiya fani o‘qituvchisi J.SH. hamda boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi S.A. ekanligi aniqlangan. Ulardan holat bo‘yicha izoh so‘ralganida,ish vaqtidan tashqari, dam olish kuni (yakshanba) Siyob bozoriga borganligi, o‘z xohishi bilan maktabini g‘olib bo‘lishi uchun targ‘ibot o‘tkazganligi , 7-umumta’lim maktabi hovlisida sun’iy qoplamali sport maydonchasi qurish, sport zalini ta’mirlash hamda sport jihozlarini sotib olish bo‘yicha «Tashabbusli budjet» ga qo‘yilgan loyihasi ota-onalar, mahalla aholisi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotganligi bois jarayonlarga befarq emasligini ta’kidlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!