Urganchdagi maktabda dars taqsimotida tanish-bilishchilik qilinyaptimi?

Urganchdagi maktabda dars taqsimotida tanish-bilishchilik qilinyaptimi?

Joriy yil 18 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda Urganch shahridagi 28-sonli maktabning o‘quv ishlari bo‘yicha direktori o‘rinbosari M.Nurmetova tomonidan videomurojaat yo‘llandi.

Mazkur murojaatda M.Nurmetova maktabda dars taqsimotida tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘yilayotgani, darslar o‘z vaqtida o‘tkazilmasligi, maktabda nohaqliklar bo‘layotgani, shuningdek, pensiya yoshidagi ba’zi xodimlar nafaqaga chiqmayotgani kabi holatlarni keltirgan.

Bu yuzasidan quyidagilar ma’lum qilindi.

Maktabda dars taqsimoti bo‘yicha boshqarma tomonidan bir necha bor o‘rganish ishlari olib borilgan bo‘lib, o‘rganish natijasida dars mashg‘ulotlari avgust oyida metodbirlashma rahbarlari tavsiyalari asosida hamda maktab Pedagogika kengashi tomonidan tasdiqlangan holda amalga oshirilganligi aniqlangan.

Mazkur maktabda bugungi kunda o‘quvchilar sonidan kelib chiqib 3 nafar o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari faoliyat yuritib, ta’lim jarayonining sifatini va o‘quvchilarning o‘zlashtirish natijalari ob’ektiv ravishda baholanishini, to‘garaklar va qo‘shimcha mashg‘ulotlar ishini muntazam nazorat qilish, pedagog xodimlar tomonidan o‘tkazilayotgan darslarni muntazam tahlil qilib borish o‘quv-tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining asosiy vazifasi sifatida M.Nurmetovaning ham zimmasiga yuklatilgan.

Bugungi kunda xodimni nafaqa yoshiga to‘lgani uchun mehnat shartnomasini bekor qilish ta’qiqlangan bo‘lib, uni bo‘shatish bo‘yicha qonuniy asos mavjud emasligini ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!