O‘quvchi qizlar TikTok uchun butun bir fermani yoqib yubordi

O‘quvchi qizlar TikTok uchun butun bir fermani yoqib yubordi

TikTok uchun video suratga  olish  paytida,  ikki  o‘quvchi  qiz  Perm  o‘lkasidagi fermani  yoqib  yuborishdi. Bu haqda IIV viloyat Bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumotlariga ko‘ra, ikki o‘quvchi qiz fermer  xo‘jaligiga  yo‘l  olishgan,  u  yerda  195  tonnadan  ortiq  hajmdagi  somon  uyumlarini  topishgan.  Ular  TikTok ijtimoiy  tarmog‘i uchun video  tayyorlashda quruq  o‘tdan foydalanishga qaror  qilishdi. Qizlar yig‘ilgan somonga o‘t qo‘yib, nima bo‘layotganini  videoga oldilar. Keyin esa olovni o‘chira  boshladilar. Ammo olov kuchayib ketdi. Maktab  o‘quvchilari uni o‘chira olmadilar va qochib  ketdilar.  Keyinchalik  yong‘in o‘t  o‘chiruvchilar  tomonidan  o‘chirildi.  Shu  bilan birga, fermaning 150 ming rubl miqdoridagi mol-mulki  yonib  ketdi. 

Yong‘inning sababchilari tuman  milisiyasi  xodimi  tomonidan  aniqlangan.  Huquqni  muhofaza  qilish  organlari xodimlari qizlarning ota-onalari bilan tushuntirish suhbati o‘tkazdilar.

O‘z navbatida fermer xo‘jaligi egasi sudga murojaat qilish va ota-onalaridan  yetkazilgan  zararni  undirish huquqiga ega.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!