"O‘qishga kiritib qo‘yaman": Termizda ikki kishi jami 7500 dollarga chuv tushdi

"O‘qishga kiritib qo‘yaman": Termizda ikki kishi jami 7500 dollarga chuv tushdi

Termiz shahrida 2021 yilning 19 mart kuni, Qumqo‘rg‘on tumani “M.Qoraboyev” mahallasida yashovchi, A.T. va Sherobod tumani “G‘ambur” mahallasida yashovchi, M.H. ismli ayol shahar IIBga ariza bilan murojaat qilishib, unda shaharning “Bog‘ishamol” mahallasida yashovchi, K.X. ularning ishonchiga kirib, “Termiz Davlat Universitetiga o‘qishga kiritaman”- deb, 2018 yil oktyabr oyida, T.A.dan 5.500 AQSh dollari va 2019 yil yanvar oyida, M.H. ismli ayoldan 2.000 (ikki ming) AQSh dollarini olib, o‘zlashtirib ketganligini bildirgan.

25 mart kuni firibgarlik yo‘li bilan moddiy manfaat ko‘rish maqsadida ushbu jinoyatni sodir etgan K.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qism “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!