O‘ng markazchilar Yevropa parlamenti saylovlarida g‘alaba qozondi

O‘ng markazchilar Yevropa parlamenti saylovlarida g‘alaba qozondi

Evropa komissiyasi rahbari Ursula fon der Lyayen o‘z lavozimini saqlab qolishi kutilmoqda. U Ukrainani qo‘llab-quvvatlovchi kuchlar bilan hamkorlik qilish niyatida. Dastlabki rasmiy natijalarga ko‘ra, “Evropa xalq” partiyasi parlamentdagi 720 o‘rindan 189 tasini egallashi mumkin. Yevropa Ittifoqining amaldagi parlamentida ushbu partiya 705 o‘rindan 176 tasiga ega.

O‘ng markazchilardan keyin ikkinchi o‘rinda sosial-demokratik kuchlar turadi. Ular 135 mandat olishi kutilmoqda. Uchinchi o‘rindan 83 o‘ringa ega “Evropani yangilash” liberal fraksiyasi joy olgan.

“Yashillar” yirik yo‘qotishga uchradi; ular atigi 53 o‘rinni saqlab qolishga muvaffaq bo‘lishdi. Hozirgi Yevropa Ittifoqi parlamentida ular 72 o‘ringa ega edi.

Evroparlament uchun saylovlatda, shuningdek, “Evropa konservatorlari va islohotchilari” - 72 o‘rin, o‘ng qanot millatchi “O‘ziga xoslik va demokratiya” fraksiyasi - 58 o‘rin, “Evropa birlashgan so‘l-yashillari” - 35 o‘rin, fraksiyalarga deputatlar 95 ta o‘rinni egallaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!