Ukrainaning uzoq masofaga uchib, RFdagi NQIZlariga hujum qilayotgan dronlari sun’iy intellekt bilan jihozlangan

Ukrainaning uzoq masofaga uchib, RFdagi NQIZlariga hujum qilayotgan dronlari sun’iy intellekt bilan jihozlangan

Rossiya Federasiyasidagi neftni qayta ishlash zavodlariga hujum qilgan Ukrainaning uzoq masofaga uchuvchi dronlari sun’iy intellekt bilan jihozlangan. Dronlarning zarbalari Rossiya iqtisodiyotiga G‘arb sanksiyalaridan ko‘ra ko‘proq ta’sir qilmoqda, deb yozadi CNN.

“Mashinaning ko‘rish qobiliyati” dronlarga yaxshiroq navigasiya qilish va xalaqitlardan qochish imkonini beradi. Har bir dronda sun’iy yo‘ldosh va joy haqidagi ma’lumotlarga ega kompyuter mavjud.

Yo‘nalishlar Ukraina ittifoqchilari bilan oldindan belgilanadi va dronlar parvoz rejasiga amal qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!