Ukrainaning F-16 uchuvchilari tayyor. AQSh ularni o‘qitdi

Ukrainaning F-16 uchuvchilari tayyor. AQSh ularni o‘qitdi

Ukrainalik uchuvchilarning birinchi guruhi AQShda F-16 qiruvchi samolyotlarida mashg‘ulotlarni yakunladi. Bu haqda Politico xalqaro nashri xabar berdi.

Ukrainalik uchuvchilar o‘tgan yilning oktyabr oyidan beri Arizona shtatining Tukson shahridagi Milliy havo gvardiyasi bazasida F-16 samolyotlarini boshqarishni o‘rgandi.

Politico nashrida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, uchuvchilar endi Yevropaga jo‘nab ketishgan va u yerda qo‘shimcha tayyorgarlikdan o‘taydi.

Ushbu guruhdagi uchuvchilar soni va ularning AQShdagi kurslarini tamomlagan sanasi ularning xavfsizligi uchun oshkor etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!