Ukraina Qurolli kuchlari kamida 100 ta rus samolyotini urib tushirishgan

Ukraina Qurolli kuchlari kamida 100 ta rus samolyotini urib tushirishgan

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri Ukraina Qurolli kuchlari kamida 100 ta rus samolyotini urib tushirishgan. Bu haqda Buyuk Britaniya harbiy razvedkasi xabar berdi.

Kuni kecha Ukraina birinchi marta Tu-22M3 og‘ir strategik bombardimonchi samolyotini urib tushirishga muvaffaq bo‘lgani haqida xabar qilindi. Hisobotda qayd etishicha, bu Ukraina havo mudofaasi kuchlarining navbatdagi muvaffaqiyatidir.

Ukraina Qurolli kuchlari ma’lumotlariga ko‘ra, samolyot modernizasiya qilingan S-200 tizimi yordamida urib tushirilgan. Katta ehtimol bilan, xuddi shu kompleks yordamida 23 fevral kuni Ukraina havo mudofaasi kuchlari Rossiiyaning A-50 samolyotini urib tushirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!