Ukraina qarzni qayta tuzishga kelishib oldi

Ukraina qarzni qayta tuzishga kelishib oldi

Ukraina davlat qarzini qayta tuzishga rozi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Denis Shmigal o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Uning qayd etishicha, hukumat Ukraina yevrobond egalari qo‘mitasi bilan prinsipial kelishuvlarga erisha oldi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu Kiyevga yaqin uch yilda qarzga xizmat ko‘rsatishdan 11,4 milliard dollar, 2033 yilgacha esa 22,75 milliard dollarni tejash imkonini beradi. Qayta tuzilmasiz, qarzning asosiy summasi 2024–2029 yillarda to‘lanishi kerak edi.

Bitimlarda amaldagi yevroobligasiyalar qarz qiymatini 37 foizga nominal pasaytirish bilan yangi yevrobondlar paketiga almashtirilishi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!