Turkmanobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkasiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Turkmanobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkasiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

27 fevral kuni Turkmanobod shahrida O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma demarkasiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi yakunlandi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

21-27 fevral kunlari bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston-Turkmaniston davlat chegarasini belgilash bo‘yicha ishlar davom ettirildi.

Muloqot do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.

Tadbir yakunida tegishli Bayonnoma imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, demarkasiya bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma komissiyasining avvalgi yig‘ilishi 5-11 yanvar kunlari Buxoro shahrida bo‘lib o‘tgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!