Turkmaniston yod ishlab chiqarishni kengaytirmoqda

Turkmaniston yod ishlab chiqarishni kengaytirmoqda

ASHXOBOD – "Turkmankimyo" davlat konserniga qarashli "Bereket" korxonasi Turkmanistonning Bolqon viloyatida yiliga 90 tonna texnik yod ishlab chiqarish quvvatiga ega to‘rtta zavod liniyasini o‘rnatdi. Loyiha dekabr oyida ishga tushiriladi.

"Bolqonobod" korxonasida nodir elementni ishlab chiqarishni kengaytirish rejalashtirilgan. Bu yerda yangi ishlab chiqarish ob’ektlari Turkmaniston Sanoat vazirligining bo‘linmalari bilan birgalikda quriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu yilning yanvar-sentyabr oylarida "Turkmankimyo" kompaniyalar guruhi – "Bolqonobod", "Bereket" va "Hazor" kimyo zavodlari 379 tonnadan ziyod yod xomashyosi ishlab chiqargan. Turkmaniston ushbu mineral zaxiralari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi, ishlab chiqarish bo‘yicha beshinchi o‘rinda turadi.

O‘zbekistonda esa ilk yod ishlab chiqarish ob’ekti 2005 yilda Buxoro viloyatidagi neft koni bazasida o‘rnatilgan. Olib borilgan geologik tadqiqotlar natijalari Farg‘ona vodiysi, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarining ayrim hududlarida sanoat yod konsentrasiyasi borligini ko‘rsatgan.

Mutaxassislar jahon yod zaxirasi ayni paytda 15 mln tonnaga yaqin ekanini aytishmoqda. Asosiy zaxiralar Chili va Yaponiya davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Ma’lumot uchun: yod elementi birinchi marta fransuz ximigi Bernardo Kurtua tomonidan 1811 yilda aniqlangan. Olim Gey-Lyussak esa yangi elementga nisbatan yod (jodes – yunoncha binafsha rang degani) atamasini qo‘llagan.

Manba: turon24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!