Turkiyalik shifokorlar suriyalik bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Turkiyalik shifokorlar suriyalik bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi

Turkiyaning gumanitar yordam bilan shug‘ullanuvchi tashkiloti IHH Turkiya xalqaro shifokorlar uyushmasi va Bolalar uchun tashkiloti bilan hamkorlikda Suriyaning E’zoz shahridagi Sijju lageridagi bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

Bir ko‘z shifokori va 3 umumiy amaliyot shifokorlaridan iborat jamoa mazkur lagerda istiqomat qilayotgan 300 nafar bolani tibbiy ko‘rikdan o‘tkazgan. Ikki kun davom etgan tibbiy tekshiruvda bolalar umumiy tekshiruv, yuqumli kasalliklarni aniqlash uchun tekshiruv va ko‘zlarini tekshiruvdan o‘tkazishgan.

Shifokorlar bolalarga kasalliklarini davolash uchun dori vositalari va ko‘z nuri pasaygani uchun ko‘zoynaklar taqdim qilganlar.

Ko‘z shifokori Muhammad Amin Dursun Anadolu ga bergan intervyusida aytishicha, bolalarda bir qancha ko‘z kasalliklari aniqlangan. Ulardan ba’zilariga ko‘zoynaklar yordamida yechim topilsa, yana ba’zilarini davolash uchun Turkiyaga shifoxonaga olib borish zarur.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!