Turkiyada sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalardan so‘ng, to‘g‘onlarga termal kameralar o‘rnatish ishlari boshlandi

Turkiyada sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalardan so‘ng, to‘g‘onlarga termal kameralar o‘rnatish ishlari boshlandi

2023 yil fevral oyida Turkiyada sodir bo‘lgan vayronkor zilzilalardan so‘ng, mamlakatda to‘g‘on va suv inshootlarini kuzatish uchun video kuzatuv va ma’lumotlar uzatish tizimlarini yaratish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda Suv xo‘jaligi va gidrotexnika inshootlari davlat korxonasi (DSI) bosh direktori Mehmet Akif Balt «Anadolu» agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shu maqsadda to‘g‘onlarga termal kameralar o‘rnatish ishlari boshlangan. Shu jumladan tungi ko‘rish tizimlarining ishi, dedi Balt.

«Hozirgi kunda Otaturk GESida tizimni o‘rnatish ishlari yakunlanmoqda. Bu tizim tabiiy ofat sodir bo‘lganda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning oldini olishga mo‘ljallangan», — dedi bosh direktor.

Akif Baltning so‘zlariga ko‘ra, ushbu tizimni butun mamlakat bo‘ylab, birinchi navbatda zilzila sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan hududlarda to‘g‘onlargacha kengaytirish rejalashtirilgan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, o‘tgan yilgi zilzilalar natijasida 140 ta to‘g‘on vayron bo‘lgan. Yangi tizim tufayli bu kabi holatlarning yana takrorlanishining oldi olinadi.

«Tizim masofadan turib kuzatish imkonini beradi. Internet uzilgan bo‘lsa ham tizim tasviri uzilmaydi. Har qanday salbiy holat yuzaga kelsa, bu haqda bevosita Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar qilinadi. Biz kameralarni zilziladan ta’sirlanmaydigan to‘g‘onlarning mustahkamlangan joylariga joylashtiramiz», deb tushuntirdi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!