Turkiyada muxolifatchi balkon qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Turkiyada muxolifatchi balkon qulashi oqibatida halok bo‘ldi

Marhum Mehmet Palaz Respublika xalq partiyasining (CHP) Denizli viloyati Tavas tumanidagi bo‘limi raisi o‘rinbosari bo‘lgan. U balkon qulashi oqibatida boshidan jarohat olib, kasalxonada vafot etgan.

Eslatib shtamiz, Turkiyaning Denizli shahrida muxolifatning saylovlardagi g‘alabasini nishonlash chog‘ida balkon qulab tushdi. Natijada 18 kishi jarohatlandi.

Turkiyada bo‘lib o‘tgan munisipal saylovlar natijalariga ko‘ra, CHP hukmron AKP partiyasi ustidan g‘alaba qozondi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!