Turkiyada mevali daraxtlarning hosildorligini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalaniladi

Turkiyada mevali daraxtlarning hosildorligini aniqlashda sun’iy intellektdan foydalaniladi

Turkiya janubi-sharqidagi Siirt va Mersin viloyatlarida bog‘ hosildorligini kuzatish uchun birinchi marta sun’iy intellektdan foydalanildi.

Aspirant Abdurahmon Yildirim tomonidan «UAVlar yordamida mevalarning pishishini kuzatish va chirishni tashxislash loyihasi» tayyorlandi.

Loyiha doirasida dasturiy ta’minot Siirtdagi anor va olma bog‘lari hamda Mersindagi banan va apelsin daraxtlaridagi hosilni aniqlash uchun dronlar tomonidan olingan 2223 ta tasvirni tahlil qildi.

Kunjanning «Anadolu»ga aytishicha, ishonchli ma’lumot olish uchun dron turli kunlarda, turli burchaklarda, turli ob-havo sharoiti va yorug‘lik ostida qo‘llaniladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, olingan ma’lumotlar mevalarning pishganlik darajasini juda aniq aniqlash va chirish holatlarini aniqlash imkonini beradi.

Kunjan qishloq xo‘jaligi erlarini monitoring qilish uchun prototip mahsulot ishlab chiqish va fermerlarga tarqatish mumkin, deb hisoblaydi.

Shu bilan birga, u qishloq xo‘jaligidagi dronlardan endi ekin maydonlarining traktorlar o‘ta olmaydigan yoki boshqa an’anaviy texnikalar qo‘llanilgan maydonlarida ekin sepishda ko‘proq foydalanilayotganini ta’kidladi.

Kelgusida dehqonlar meva-sabzavotlarning pishishi, chirishi va kasalliklarini kuzatib borish, hosildorlikni oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi, dedi u.

Uning so‘zlariga ko‘ra, eng foydali ma’lumotlar 97 foiz aniqlikdagi apelsin va anor bog‘lari monitoringi chog‘ida olingan: «Biz loyiha uchun patent olishni rejalashtiryapmiz», — deya qo‘shimcha qildi Kunjan.

Yildirim, loyihadan maqsad mevalarning hosildorligi va sifatini oshirish ekanini qayd etdi.

Dasturiy ta’minot muallifi kelgusida uning mehnati natijalari fermer va korxonalarga katta foyda keltirishiga ishonchi komil.

Uning so‘zlariga ko‘ra, pishgan va chirigan mevalarni dasturiy ta’minot drondan olingan tasvirlarni avvalroq ma’lumotlar bazasida saqlangan suratlar bilan solishtirishi tufayli aniqlash mumkin.

"Umumiy meva sog‘lig‘ini aniqlash va hosildorlikni baholash tadqiqotlari daraxt zichligi va meva turiga qarab o‘zgaradi. Biz bunday loyihalarni ishlab chiqishda davom etamiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!