Turkiy davlatlarni birlashtiruvchi brend yaratildi

Turkiy davlatlarni birlashtiruvchi brend yaratildi

Turkiy dunyo savdo belgilarini birlashtirgan brend yaratildi. Bu haqda Vatandosh TV Oxu.uz nashriga tayanib ma’lum qildi.

Ozarbayjon franchayzing uyushmasi boshqaruvi raisi Jamid Movsumov aytishicha, Made in Turan brendining yaratilishi Turkiy Davlatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni yagona markalashga o‘tishni nazarda tutadi.

"Made in Turan brendi uchun olinadigan maxsus imtiyozlar tufayli mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi oshadi va iqtisodiy aloqalar mustahkamlanadi. Brendning joriy etilishi turkiy dunyo brendlari uchun yangi davrni anglatadi.

Ushbu brendlash siyosati natijasida turkiy davlatlar brendlari rivojlanadi. Maxsus imtiyozlar tufayli global brend bo‘lish yo‘lida Turkiy davlatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi o‘sib boradi, Made in Turan brendining tan olinishiga hissa qo‘shadi.

Turk dunyosi butun dunyoda muhim iqtisodiy kuch sifatida Made in Turan savdo uylarini ochishni rejalashtirmoqdamiz”, deydi Movsumov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!