Turk Qizil yarim oy jamiyati G‘azo sektorida issiq ovqat tarqatishni qayta boshladi

Turk Qizil yarim oy jamiyati G‘azo sektorida issiq ovqat tarqatishni qayta boshladi

Turk Qizil Yarim Oy jamiyati, G‘azo sektorining Rafah shahrida quruqlik amaliyoti tufayli to‘xtatilgan Deyr Belah hududida kuniga 10 ming kishiga xizmat qila oladigan dala oshxonasida issiq ovqat tarqatishni qaytadan boshladi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati tomonidan berilgan bayonotga ko‘ra, Isroilning quruqlikdagi amaliyoti tufayli Rafahdagi oshxona faoliyati 2024 yilning 6 mayidan beri to‘xtatilgan.

Rafahning Al-Mashru mahallasida kuniga 10 ming kishiga issiq ovqat bilan ta’minlangan Turk Qizil Yarim oy oshxonasi G‘azo markazidagi Deyr Belah hududida uch haftalik tanaffusdan so‘ng qayta ochildi.

Turk Qizil yarim oy jamiyati oshxona orqali ocharchilik xavfi kundan-kunga ortib borayotgan G‘azoda to‘qnashuv qurbonlarining asosiy oziq-ovqat ehtiyojlarini qondirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!