Transport qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi?

Transport qanday hollarda jarima maydonchasiga joylashtiriladi?

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 291-moddasida transportni ushlab turish va ko‘rikdan o‘tkazish asoslari va tartibi belgilangan.

Unga ko‘ra, transport vositasi bir qator davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan ushlab turilishi, ya’ni jarima maydoniga joylashtirilishi mumkin.

Transportni jarima maydoniga joylashtirishga asos bo‘ladigan bir qator huquqbuzarliklar mavjud.
Xususan quyidagi huquqbuzarliklar sodir etilganida YPX xodimlari transportni jarima maydoniga joylashtirishi mumkin:

– karantinli va inson uchun xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olishga qaratilgan majburiy qoidalar buzilganda;

– ruxsatnomasiz og‘ir vaznli yuk tashilganida;

– ruxsatnomasiz “tonirovka” qilingan transpot boshqarilganida;

– transportga ruxsatnomasiz tovush chiqaruvchi va yorituvchi maxsus qurilmalarni o‘rnatilganida yoki transport raqami ko‘rinmaydigan holatga keltirib qo‘yilganida;

– to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalari buzilib, haydovchi bo‘lmasa va qoidabuzarlik yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa;

– transport mast holda boshqarilganida;

– transport hujjatlarsiz boshqarilganida;

– haydovchilar mastligi yoki mast emasligini aniqlash uchun tekshiruvdan o‘tishdan bo‘yin tovlaganida;

– yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolinganida;

– ichki ishlar organi xodimining transportni to‘xtatish to‘g‘risidagi qonuniy talabi bajarilmaganida.

Bundan tashqari, ekologiya va o‘rmonlarga oid huquqbuzarliklar sodir etilganida Ekologiya vazirligi va O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlari; bojxona qoidalari buzilganida Bojxona qo‘mitasi; savdo, tadbirkorlikka oid ayrim huquqbuzarliklarda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti mansabdorlari ham transportni ushlab turishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!