Tramp Ukraina bilan resurslar bo‘yicha kelishuvga erishdi

AQSh prezidenti Donald Tramp dushanba kuni Ukrainada muhim foydali qazilmalarni qazib olishdan keladigan daromadlarni taqsimlash bo‘yicha AQSh va Ukraina o‘rtasidagi kelishuv yaqin orada imzolanishini kutayotganini aytdi.
Tramp, shuningdek, vazirlar mahkamasi bilan uchrashuv chog‘ida jurnalistlarga Qo‘shma Shtatlar Ukraina bilan Amerika kompaniyalarining Ukraina elektr stansiyalariga egalik qilish imkoniyati haqida muzokaralar olib borayotganini aytdi.
“ Endi biz hudud haqida gapiryapmiz. Biz demarkasiya chiziqlari haqida gapiramiz. Biz energiya, elektr stansiyalarining egaligi haqida gapiramiz. Ba’zilar Amerika Qo‘shma Shtatlar elektr stansiyasiga ega bo‘lishi kerak, chunki bizda tajriba bor , deydi u.
Amerika delegasiyasi yakshanba kuni Ukraina rasmiylari bilan, dushanba kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida Rossiya vakillari bilan uchrashdi. Muzokaralar asosan Qora dengizda o‘t ochishni to‘xtatishga qaratilgan, biroq Tramp boshqa masalalar ham paydo bo‘layotganini ta’kidladi. Tramp prezidentlikka kelganidan beri Rossiyaning Ukrainaga qarshi uch yillik urushini tugatishga faol intilmoqda.
Noyob tuproq metallari aynan Amerika yetakchisi prezidentlikka qaytganidan so‘ng diqqat markaziga tushdi. 28 fevral kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Vashington bilan kelishuv imzolash uchun Oq uyga keldi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, noyob tuproq bo‘yicha bitim "Ukrainani tiklash uchun investisiya fondi" ni yaratishni o‘z ichiga olgan. U noyob yerlarni ijaraga berish yoki lisenziyadan, shuningdek, ushbu foydali qazilmalarni qazib olish va tashish uchun foydalaniladigan infratuzilma ob’ektlaridan dividendlardan 50% daromad olishi kerak edi.
Biroq qishning so‘nggi kunida rejalar barbod bo‘ldi. Zelenskiy Tramp va AQSh vise-prezidenti J.D.Vens bilan kameralar oldida janjallashib qolgan , shundan so‘ng Ukraina rahbari Vashingtonni tark etgan.
4-mart kuni Donald Tramp AQSh Kongressi oldida so‘zlagan nutqida Zelenskiydan maktub olganini, unda Ukraina prezidenti Kiyev nodir yer metallari bo‘yicha bitim imzolashga tayyorligini aytganini aytdi.