Ramazon hayiti munosabati bilan o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

Hozircha O‘zbekiston musulmonlari idorasi rasman Ramazon hayitining aniq kunini e’lon qilmadi. Bu oy chiqishiga qarab, ulamolar tomonidan belgilanadi. Dastlabki taqvimga ko‘ra, Ramazon hayiti 31-mart, dushanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotgan edi.
Biroq qo‘shnilarimiz Qozog‘iston, Qirg‘isiston va Tojikistonda bu yilgi Ramazon oyi 29 kun davom etishi va Ramazon hayiti 30-mart kuni nishonlanishi e’lon qilindi.
🗓 Agar Ramazon hayiti bizda ham 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi e’lon qilinsa, unda Mehnat kodeksining 208-moddasiga binoan, dam olish kuni bayramdan keyingi ish kuniga, ya’ni 31-mart, dushanbaga ko‘chiriladi.
U holda bayram munosabati bilan dam olish kunlari quyidagicha bo‘ladi:
✅❌ 29-mart (shanba) — 5 kunliklarga dam, 6 kunliklarga ish;
✅✅ 30-mart (yakshanba) — Ramazon hayiti;
✅✅ 31-mart (dushanba) — Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart kunidan ko‘chirilgan barcha uchun dam olish kuni.
Ramazon Hayiti munosabati bilan yana qo‘shimcha dam olish kuni beriladimi yoki yo‘qmi (masalan, olti kunliklar uchun shanbani dam olish kuni deya e’lon qilish), bu hozircha noma’lum.