“O‘tkan kunlar” koreys tiliga tarjima qilinadi

O‘zbek mumtoz adabiyotining yorqin namunasi bo‘lgan “O‘tkan kunlar” asari hozirgi zamon o‘quvchisi uchun ham o‘zbek millatidagi o‘zlik va tarixiy haqiqatni anglashda muhim manbaa bo‘lib qolmoqda.
2024 yilda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romani Misr Arab Respublikasida arab tiliga tarjima qilinib, ko‘p nusxada chop etilgan edi. Keyinchalik u Saudiya Arabistoni podshohligida qayta chop etildi.
Bu asar bilan tanishgan Koreya Respublikasidan taniqli olim, adib va tarjimon, o‘zbek adabiyotining ashaddiy muxlisi va targ‘ibotchisi Keymyung universiteti professori Chung Sun Kim shu kunlarda O‘zbekistonga, Farg‘onaga tashrif buyurgan.
– Men Kumushdek go‘zal, iffatli va jasoratli qahramonim borgan Marg‘ilonni ko‘rish, uning qadim ko‘chalaridan yurish, hunarmandlari bilan suhbatlashish uchun bu yurtga keldim, – deydi Chung Sun Kim. – Niyatim Abdulla Qodiriy falsafasi, Otabek, Kumush, Oftoboyim ruhiyatini anglash. Shundan keyingina “O‘tkan kunlar” tarjimasiga o‘tiraman.
Koreyalik mehmon Farg‘ona viloyat hokimi o‘rinbosari Xurshidjon Ahmedov hamrohligida Kumushning Marg‘ilondagi ramziy xonadonida bo‘ldi.