FIFA va UYEFA Rossiyani Ukrainadagi mojarodan so‘ng ma’naviy sabablarga ko‘ra emas, balki Yevropaning kamida 12 assosiasiyasi Rossiya bilan o‘ynashdan bosh tortgani va ularning soni 18 taga yetishi kutilayotgani uchun turnirdan chetlatilgan, deb yozadi The Independent nashri.
Manbaga ko‘ra, o‘sha davlatlardan biri Polsha bo‘lgani va ularda Rossiya bilan JCh saralash o‘yini belgilangani hisobga olinsa, FIFA darhol inqirozga yuz tutgan. Boshqaruv kengashi yaqin kelajakda o‘tkazilishi rejalashtirilgan yig‘ilishlarini o‘tkaza olmagan.
Manbaning ta’kidlashicha, bunday oddiy sharoitlarda o‘ynashdan bosh tortgan mamlakat diskvalifikasiya xavfi yuqori bo‘ladi. Bunday holda, UYEFA va FIFA yakunda 12 jamoani yoki faqat bitta jamoani chetlatish to‘g‘risida qaror qabul qilishi kerak edi. Gap raqobatning yaxlitligini saqlab qolish masalasiga aylandi, shuning uchun Rossiya texnik sabablarga ko‘ra asosan diskvalifikasiya qilindi. Sport arbitraj sudi Rossiya apellyasiya berganida bu asosni qabul qildi.
FIFA va UYEFA qarori bilan 2022 yilning fevral oyidan boshlab Rossiya milliy futbol jamoalari va terma jamoalari xalqaro turnirlarda ishtirok etmaydi. Ikkala tashkilot ham Rossiyaning qaytishi Ukraina mojarosi hal bo‘lganidan keyin sodir bo‘lishini bildirgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.
Украина президенти Владимир Зеленский, агар у Европа интеграциясига таҳдид соладиган бўлса, унинг мамлакати ўз табиий ресурслари бўйича ҳеч қандай келишув имзоламаслигини айтди.
Кадастр тизимида ишловчи танишлари орқали тегишли ҳужжатларни расмийлаштириб бериш эвазига 10 минг АҚШ доллари талаб қилиб, жами 160 минг АҚШ доллари олган вақтида ашёвий далиллар билан ушланди.
— Қўшимча ҳимоя чораларисиз бу сув тошқинига олиб келади ва маҳаллий аҳолига ҳам, Венеция маданий меросига ҳам катта зарар етказади, - дея огоҳлантирмоқда олимлар.
«Ёнғин оқибатида куйиб, тан жароҳати олган ва вафот этганлар кузатилмади. Ҳозирда содир бўлган ёнғин юзасидан терговга қадар суриштирув ишлари олиб борилмоқда», — дейилади хабарда.