Taniqli so‘z ustasi Shukurullo Isroilovga tegishli Mercedes-Benz rusumli avtomobil o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda UzReport telekanalining “Navbatchilik qismi” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Ko‘rsatuvda aytilishicha, qiziqchi mashinasi olib qochilganini sezishi bilan ichki ishlar organlariga xabar bergan.
— Olib qochilgan transport vositasi Uchtepa tumani Zargarlik ko‘chasida to‘xtatildi. Transport vositasi va uni boshqargan shaxs jinoyat-qidiruv bo‘limi xodimlariga topshirildi, deyiladi lavhada.
Ma’lum bo‘lishicha, transport vositasini 1998 yilda tug‘ilgan Sherzod ismli shaxs uning ochiq qoldirilganidan foydalanib, olib qochgan.
— Shu mashinani haydab ko‘rishga qiziqardim. Mashina ochiq turgandi, oldida hech kim yo‘q edi, unga o‘tirib haydab ketdim. Shahar aylanib, Uchtepa tumanidagi “moyka”ning oldiga borib, to‘xtab turganimda YPX xodimlari mashinasida kelib ushlashdi. Qilgan ishimdan afsusdaman”, deydi avtomobilni olib qochgan shaxs.
— Mashinamni qulflamasdan, kalitni ichida qoldirib, bir joyga kirib ketdim. Ishimni bitirib qaytib chiqsam, mashinam yo‘q. O‘zimcha kimdir men bilan hazillashgisi kelibdi, deb o‘yladim. Keyin 102 ga qo‘ng‘iroq qildim. 10 daqiqada mashinamni topib berishdi. Hurmatli hamshaharlar, hushyor bo‘lamiz, mashinangizni umuman ochiq qoldirmang, deydi Shukurullo Isroilov.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston respublikasi jinoyat kodeksining 267-moddasi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Mazkur moddada 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi ko‘zda tutilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.
АҚШ Президенти Дональд Трамп Россия етакчиси Владимир Путин билан бўлиб ўтган суҳбат якунларига кўра, Украина ҳарбий жиҳатдан мағлубиятга учраганини маълум қилди.
Қирғизистон Миллий хавфсизлик давлат қўмитасининг собиқ раиси Қамчибек Ташиев давлат тўнтаришига уриниш бўйича жиноий ишда фигурантга айланганини билдирди.
Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.