E’lon qilingan suratlarga ko‘ra, 15 mart kuni ertalab, AQSh harbiy samolyotlari havoga ko‘tarilishidan 31 daqiqa oldin Pentagon rahbari Pit Hegset chatga xabar yuborgan. Unda aniq qaysi vaqtda va qanday hujumlar amalga oshirilishi, xususan, F-18 qiruvchilari, dronlar va Tomahawk raketalari zarbalari batafsil bayon qilingan.
"Odatda, biz harbiy operasiyalar haqidagi ma’lumotlarni, agar ular amerikalik harbiylarning hayotiga tahdid tug‘dirsa, oshkor qilmaymiz. Biroq Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp bu chatdagi ma’lumotlar maxfiy emasligini bildirganidan so‘ng, rasmiylardan bu xabarlarni e’lon qilishga qarshi ekanliklarini aniqlashtirishga qaror qildik", – deya bunga izoh berdi The Atlantic jurnalistlari.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livitt chatda maxfiy ma’lumot bo‘lmaganini tasdiqladi, lekin bu, rasmiylarning ushbu suhbatni oshkor qilishni ma’qullashini anglatmasligini ta’kidladi. Livittning so‘zlariga ko‘ra, chatda "nozik ma’lumotlar" muhokama qilingan, shuning uchun Oq uy uning e’lon qilinishiga qarshi.
Shunga qaramay, The Atlantic maqola sarlavhasida ushbu xabarlarni "hujum rejalari" deb atadi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши котиби Али Лариджани Вашингтон "ўз хатосини тан олмагунча ва унга жавоб бермагунча", Теҳрон "АҚШни тинч қўймаслигини" маълум қилди.
Fox News бошловчиси Брайан Килмид Можтаба Хоманаий янги олий раҳбар деб эълон қилинганидан кейин АҚШ президенти Доналд Трамп билан суҳбатлашганини хабар қилди.
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
Кубада электр энергиясидаги узилишлар ва ёнилғи етишмовчилиги сабабли оммавий норозилик намойишлари бошланди, деб хабар беради Readovka Telegram-канали.
Трамп яна бир бор Зеленскийдан Украинадаги урушни тугатиш учун келишувга боришни талаб қилди. АҚШ президентининг айтишича, Путин келишувга тайёр, аммо Зеленский рад этмоқда ва бу Трампни ҳайратга солмоқда.