Janubiy Koreyadagi o‘rmon yong‘inlari qurbonlari soni 24 kishiga yetdi

Janubiy Koreya janubi-sharqidagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi.
Bu haqda Yonhap agentligi xabar berdi.
Halok bo‘lganlar orasida chorshanba kuni sharqdagi Kyonsan-Pukto provinsiyasida yong‘inni o‘chirish vaqtida halokatga uchragan o‘t o‘chirish vertolyotining 73 yoshli uchuvchisi ham bor.
Yong‘inlarni o‘chirishga o‘nlab vertolyotlar, 5 mingga yaqin o‘t o‘chiruvchi va 560 birlik maxsus texnika jalb etilgan. Kuchli shamol va quruq ob-havo yong‘inni o‘chirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Agentlikning qayd etishicha, kuchli shamol tufayli o‘rmon yong‘inlari sharqiy qirg‘oqbo‘yi hududlariga, jumladan, yirik atom elektr stansiyasi joylashgan hududga tarqalish xavfi mavjud.
Prezident vazifasini bajaruvchi Xan Deok Su hozirgi yong‘inlarni “mamlakat tarixidagi eng yomoni” deb atadi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon yong‘inlari hozirga qadar 17 ming gektar o‘rmon va 209 ta uy-joy va fabrikalarni vayron qilgan.
Chorshanba kuni ertalab yong‘inlar oqibatida 15 kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.